O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.
Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.
Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.
O‘zbekistonda yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlar ma’lum qilindi
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim sohasida kutilayotgan katta islohotning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Avvalroq davlat rahbari farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rniga yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilishi xabar qilingandi.
Farmonda ko‘zda tutilgan ikki vazirlikni birlashtirishning asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar prezident belgilab bergan “o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti”ga tayangan holda olib boriladi, dedi Sherzod Asadov;
Prezident administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh(unga taniqli tadbirkor Zafar Hoshimov boshchiliik qiladi) yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;
Oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak, deb ta’kidladi prezident matbuot kotibi.
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni
Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi:
– maktabgacha taʼlim va tarbiya;
– umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
– kasbiy taʼlim;
– oliy taʼlim;
– oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
– kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
– qoʻshimcha va norasmiy taʼlim.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.