Bola dunyoni öyin orqali taniydi. Şu oddiy, ammo çuqur haqiqatni amaliyotga tatbiq etish bugungi maktabgaça ta’limning eng muhim vazifalaridan biridir.
Ana şu maqsadda “Amaliy fanlar va maktabgaça ta’lim metodikalari” kafedrasi tomonidan maktabgaça ta’lim tashkiloti tarbiyachilari A va B guruhi tinglovçilari uchun mazmunli mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsini Jizzax şahar 32-DMTT direktori Jabborova Dilşoda Normurodovna olib bordi. Mashğulot “Öyinga asoslangan ta’lim metodikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonini taşkil etish” mavzusiga bağishlandi.
Tajribali mutaxassis öyin bolaning nafaqat bilim olişiga, balki fikrlaşi, muloqot qilişi va öziga bölgan işonçi şakllanisiga ham xizmat qilişini amaliy misollar orqali ochib berdi. Tinglovçilar öyinni şunçaki köngiloçar mashğulot sifatida emas, balki puxta öylangan pedagogik vosita sifatida körish mumkinligiga amin bölişdi.
Seminar davomida kurs tinglovçilari faol iştirok etib, kundalik faoliyatlarida duç keladigan va özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob olişdi. Fikr almaşiş muhiti mashğulotni yanada samarali va esda qolarli qildi.