Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi tomonidan amaliyotchi psixologlar kursi tinglovchilari uchun “O‘smir yoshidagi o‘quvchilarning psixoprofilaktikasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi psixologiya fani o‘qituvchisi, ps.f.f.d (PhD) Otabek Shirinov bilan hamkorlikda o‘tkazilib, unda o‘smirlar bilan ishlashning zamonaviy psixologik yondashuvlari, profilaktik metodlar hamda amaliy tavsiyalar yuzasidan muhim fikrlar bildirildi.
Trening davomida tinglovchilar nazariy bilim bilan bir qatorda interaktiv mashg‘ulotlar orqali amaliy ko‘nikmalarini ham mustahkamladilar.