Zamonaviy o‘qituvchining kuchi nafaqat bilimida, balki uni amaliyotda qo‘llash, yangicha fikrlash va o‘z ustida doimiy ishlash mahoratida namoyon bo‘ladi.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazining “Boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi hamda O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali “Psixologiya” kafedrasi hamkorligida “Boshlang‘ich ta’lim” S guruhi tinglovchilari uchun “O‘qituvchi kompetensiyasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni O‘zMU Jizzax filiali “Psixologiya” kafedrasi mudiri, dotsent Barno Norbekova olib bordi.
“Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi va o‘zaro hamkorlik” moduliga bag‘ishlangan mashg‘ulotda kompetensiya, kompetentlilik, pedagogik nazokat va o‘qituvchining kasbiy mahorati masalalari hayotiy misollar asosida yoritildi.

Tinglovchilar PMI (Plus, Minus, Interesting), SCAMPER va “Mozaika” metodlari orqali mustaqil fikrlash, muammolarga kreativ yondashish hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rdilar.
O‘zaro fikr almashish, faol muloqot va amaliy topshiriqlarga boy o‘tgan mahorat darsi pedagoglar uchun yangi metodik g‘oyalar maydoniga aylandi.

Zero, mahoratli o‘qituvchi — doimo izlanishda, yangilanishda va rivojlanishda bo‘lgan pedagogdir!