Jizzax viloyati pedagoglari ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha misli ko‘rilmagan natijaga erishdi.

2025-yilda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida respublika miqyosida atigi 3 nafar pedagogning ishlari ommalashtirilgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 11 nafarga yetib, qariyb 4 baravar o‘sdi.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan tavsiya etilgan 12 nafar nomzoddan 11 nafarining ilg‘or pedagogik tajribasi Respublika ekspertlari tomonidan munosib baholanib, ommalashtirish uchun tavsiya etildi.

Bu yutuq — ustozlarimizning yuksak kasbiy mahorati, fidokorona mehnati va uzluksiz izlanishlarining yuksak e’tirofidir.

Barcha ustozlarimizni ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!