Bugun Jizzax shahridagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusida viloyat o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

✨ Seminarda viloyatdagi umumta’lim, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar psixologlari ishtirok etib, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va psixologik muammolarni bartaraf etish borasida ilmiy-amaliy tajriba almashmoqdalar.

🎤 Tadbir doirasida  Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi mudiri M. Tilyakova “Bola shaxsiga pedagogik-psixologik yordam” mavzusida mazmunli va ilhomlantiruvchi ma’ruza qildi. U o‘z nutqida bolalarning shaxsiyati va ruhiyati tarbiyasida mehr, e’tibor va zamonaviy yondashuvlarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.