Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi kunlari doirasida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Dunyoni o‘zgartirgan ayollar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni markaz direktori I. Ahmedov ochib berib, ayollarning ta’lim va jamiyatdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Davra suhbatida kafedra mudiri O. Bakirov o‘z fikrlari bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga, Y. Po‘latova, D. Jabborova va Z. Murunova o‘z tajribalari, qarashlari va faoliyati orqali suhbatga ilhom bag‘ishladilar 🌟. Ularning chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va ayollarning jamiyatdagi roli, ta’limdagi hissasi haqida chuqur fikr uyg‘otdi.
Suhbat davomida ayollarning jamiyatdagi faolligi, ta’lim va tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish, shuningdek, turli qiyinchiliklarni yengib o‘tish masalalari keng muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va ayollarning ilm-fan, ta’lim hamda jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirishga xizmat qildi 🙌.