Bir guruh jizzaxlik ustozlarga mukofotlar topshirildi
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmonni qabul qilgandi. Unga ko‘ra, mamlakatimizda soha rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh pedagog va ta’lim homiylari mukofotlandi.
Bugun mukofotlangan bir guruh jizzaxlik ana shunday fidoyilarga orden va medallar topshirildi.
Jizzax viloyat hokimligida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoev ustoz va murabbiylarni samimiy qutladi.
Jizzax viloyati PMM matbuot xizmati