Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida noyabr oyida o‘qigan tinglovchilar bitiruv malakaviy ishlarini taqdim etish va himoya qilish jarayonlarini faol davom ettirmoqda.
Tinglovchilar bir oy davomida egallagan bilim va amaliy tajribalarini asoslab, dars jarayonini takomillashtirishга qaratilgan innovatsion yondashuvlar, qo‘llanmalar hamda samarali metodlarni taqdim etmoqda.Har bir taqdimotda pedagogning kasbiy o‘sishi, ijodiy izlanishi ва yangicha fikrlashi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bitiruv ishlari o‘quv jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan real taklif va amaliy yechimlar bilan boyitilgan.Ushbu jarayon — malaka oshirish kurslarining yakuniy bosqichi bo‘lib, pedagoglarni yangilangan bilimlar, zamonaviy metodlar ва mustahkam amaliy tayyorgarlik bilan ta’lim jarayoniga qaytishiga xizmat qiladi.