Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish munosabati bilan rahbariyat va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda yurtimiz taraqqiyoti, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, pedagoglar zimmasidagi yuksak mas’uliyat va markaz jamoasining erishib kelayotgan natijalari haqida so‘z yuritildi.
Ayniqsa, o‘z mehnati, tashabbusi va kasbiy faoliyati bilan markaz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, turli yo‘nalishlarda samarali natija va yutuqlarga erishayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar munosib e’tirof etildi. Ularga markaz rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangan markaz xodimlari samimiy qutlanib, ularning mehnati va fidoyiligi alohida ta’kidlandi.
Bayram tadbiri nafaqat o‘tgan davrdagi mehnat va natijalarni sarhisob qilish, balki yangi o‘quv yili oldidan yangi maqsadlarni belgilash, ustuvor vazifalarni kelishib olish va jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.