2025-yil 6-noyabr kuni Jizzax viloyati bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida yetakchi o‘qituvchilar tomonidan aniq fan o‘qituvchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.Mirzacho‘l tumanining 1-, 2-, 18- va 20-umimiy o’rta ta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan ushbu mashg‘ulotlarda pedagoglar dars jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va tahliliy yondashuvni shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.“Kasbiy rivojlanish soati” — bu o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi, ta’lim jarayonini takomillashtirish va pedagogik mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi samarali maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.