Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Amaliy fanlar va maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi oyligi tadbirlari doirasida iste’dodli ijodkor Umida Nuraliyevaning “Milliy meros jilolari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada milliy matoga ishlangan, badiiy kashtachilik va tasviriy san’at uyg‘unligida yaratilgan nafis ijod namunalari namoyish etildi. Har bir asarda milliy meros nafasi, ranglar jozibasi va o‘zbekona didning nozik ifodasi aks etib, tomoshabinlarda iliq taassurot uyg‘otdi.

Kurs tinglovchilari tomonidan ko‘rgazma katta qiziqish va samimiy kayfiyat bilan kutib olindi. Ertalabki ijodiy muhit barchaga estetik zavq, ilhom va ko‘tarinki ruh ulashdi.

San’at — milliy qadriyatlarni qalbdan qalbga yetkazadigan eng go‘zal ko‘prikdir.