Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi doirasida “Qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish — yosh avlodni milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishi sifatida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida qatag‘on qurbonlarining xalq va millat ozodligi yo‘lidagi fidokorona hayoti, ma’rifiy merosi hamda tarixiy haqiqatni yosh avlod ongiga yetkazishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari keng muhokama qilindi. Tadbir davomida tarixiy xotirani asrash, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-nazariy fikrlar ilgari surildi.

O’z tarixni unutmagan millat — kelajagini yo‘qotmaydi.