O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni asosida ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar bilan boyitish, o‘qituvchilarni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda.Shu maqsadda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Andijon va Farg‘ona pedagogik mahorat markazlari hamkorligida 5–6-noyabr kunlari “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tdi.Marafon jarayonida o‘qituvchilar o‘qish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida 4 ta sho‘baga bo‘lingan holda faol ishtirok etdilar. Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi barcha hududlardagi faol pedagoglarni videokonferensiya orqali birlashtirib, tajriba almashish uchun keng imkoniyat yaratdi.Markaz metodik xizmat ko’rsatish bo’limi tomonidan o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchilarga yangicha fikrlash, dars jarayonini zamonaviy metodlar asosida tashkil etish bo‘yicha samarali ko‘nikmalar berdi.“Metodik marafon” – bu faqat tadbir emas, bu yangilanish, o‘sish va ilhom sari yo‘l!