2025–2026-o‘quv yili davomida o‘tkazilgan “Metodik mahorat kuni” tadbirlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Jizzax viloyatidagi 14 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. Pedagoglar o‘zining kasbiy mahorati va zamonaviy metodlardan foydalanish ko‘nikmalarini amalda namoyon etdilar.

Kuzatuv va tahlillar natijasida metodik bilimlar mustahkamlanib, ilg‘or tajribalar ommalashtirildi.

Tadbirlar Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi mas’ul xodimlari ishtirokida, jumladan Arnasoy, Zafarobod va Paxtakor tumanlarida tashkil etildi.

Yakunda eng faol pedagoglar e’tirof etilib, taqdirlandi.

Kasbiy rivoj — sifatli ta’lim poydevori!