Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan tarixiy gʻalabasi bilan tabrikladi.
FIDE Nomzodlar turnirining oxirgi turida Javohir Sindarov oq donalarda Wei Yi bilan tezkor durang qayd etdi. Bu o’yinda ham shaxmatchilar o’zini qiynab o’tirishmadi.
Bu orqali Javohir yana bir rekord qayd etdi. Shu paytgacha hali bironta shaxmatchi FIDE Nomzodlar turnirida 10 ochko to’play olmagan edi.
Shuningdek, hamyurtimiz musobaqada bironta partiyada yutqazmadi. O’zi umuman Javohirning mag’lubiyatsiz seriyasi 50 tadan oshib ketdi.
Musobaqadan avval u dunyoning 11-raqamli shaxmatchisi edi. Turnir davomida +31 reyting ochkosi ishladi va hozir dunyoning 5-raqamli shaxmatchisiga aylandi.