“Master-trenerlarni tayyorlash bo‘yicha trening” doirasida amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. Unda 320 nafar master-trener 2026–2027-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zamonaviy metod va yondashuvlarni o‘zlashtirmoqda.
Mashg‘ulotlarda:
— zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar;
— SEL va UDL tamoyillari;
— pedagogik refleksiya va baholash;
— sun’iy intellekt va raqamli vositalar;
— PISA, PIRLS va TIMSS dasturlarini fan mazmuniga integratsiya qilish yo‘nalishlari o‘rganilmoqda.

Fanlar kesimida esa raqamli va virtual laboratoriyalar, PBL, xalqaro baholash dasturlari, kommunikativ va til kompetensiyalarini rivojlantirish kabi amaliy mavzular qamrab olingan.

Treningning asosiy vazifasi — zamonaviy metodik yechimlarni amaliyotga olib kiradigan master-trenerlarni tayyorlash.

Shu orqali ishtirokchilar KRK/KRS mashg‘ulotlari sifatini oshirish va pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur kompetensiyalarni shakllantirmoqda.