Bugungi mashg‘ulotlar ham sermazmun va faol tarzda o‘tdi. Delegatsiya a’zolari uchun qator amaliy va nazariy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularda:
✅ilg‘or ta’lim texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tajribalar almashildi,
✅dars jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy yondashuvlar namoyish etildi,
✅xalqaro mutaxassislar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi,
✅delegatsiya a’zolari STEAM ta’limi bo‘yicha mashg‘ulotlarda ham ishtirok etib, innovatsion yondashuvlarning amaliy tatbiqini o‘rgandilar.
Mazkur jarayonlar delegatsiya a’zolarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, ularni kelgusida faoliyatida qo‘llashi mumkin bo‘lgan zamonaviy va samarali ta’lim usullari bilan boyitdi.
Delegatsiyamiz mashg‘ulotlarni yuqori kayfiyat, puxta tajriba va yangi bilimlar bilan yakunlamoqda.