Maktab o‘quvchisiga avtomashina rulini ishonib topshirish katta xavf tug‘diradi. Chunki yo‘l harakati qoidalarini to‘liq bilmaslik va tajribaning yetishmasligi inson hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hayot tajriba maydoni emas, har bir qaror mas’uliyat bilan qabul qilinishi kerak. Ota-onalar va kattalar yoshlarning xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yishlari zarur.