Bugun Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida oktabr oyida malaka oshirgan musiqa fani o‘qituvchilarining navbatdagi hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.
Unda tinglovchilar tomonidan ijro etilgan sof jonli taronalar, milliy mumtoz qo‘shiqlar va maftunkor raqslar tomoshabinlarga chinakam ma’naviy zavq hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Mazkur ijodiy uchrashuv ustozlarning kasbiy mahoratini namoyish etish barobarida, maktablarda musiqa ta’limini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan o‘ziga xos ilhom maydoniga aylandi.