Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida «APK Qo‘riqchi» ilovasining imkoniyatlari va undan foydalanish tartibi bo‘yicha targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdi.

Bugun zararli APK-fayllar orqali telefondagi ma’lumotlar va shaxsiy ma’lumotlar xavf ostida qolishi mumkin. Shu bois kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish va qurilmalarni himoyalash muhim!

«APK Qo‘riqchi»ni o‘rnating va himoyani faollashtiring!

Ilovani yuklab oling.

O‘zingizga qulay tilni tanlang.
Kerakli ruxsatlarni bering.
Himoya funksiyasini faollashtiring.

Ilovani shu yerdan yuklab oling:
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.baxtiyorov.security