Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida 2026-yil iyun oyida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan pedagoglar uchun yakuniy nazorat sinovlari hamda malaka ishlari himoyasi jarayonlariga start berildi.
Bugun auditoriyalarda nafaqat bilim, balki tajriba, izlanish va fidoyilik sinovdan o‘tmoqda. O‘z ustida tinimsiz ishlagan, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘zlashtirgan pedagoglar yakuniy baholash bosqichida egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishmoqda.
Ushbu jarayon har bir tinglovchi uchun yangi marralar sari yo‘l ochuvchi muhim qadamdir. Zero, malaka oshirish — bu shunchaki sertifikat olish emas, balki ta’lim sifatini yuksaltirish, kelajak avlod tarbiyasiga yanada mas’uliyat bilan yondashish demakdir.
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi barcha tinglovchilarga yakuniy nazorat va malaka ishlari himoyasida muvaffaqiyat hamda yuksak natijalar tilaydi!