Bugundan Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” doirasida mentorlarni tayyorlash bo‘yicha 3 kunlik treninglar start oldi.

Treninglar 21–23-sentabr kunlari davom etadi. Mazkur treninglardan ko‘zlangan asosiy maqsad — uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida faoliyat olib boradigan mentor-o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or yondashuvlarni amaliyotga samarali tatbiq etishdir.

Mashg‘ulotlarda SEL, UDL, pedagogik refleksiya, dalilga asoslangan ta’lim, zamonaviy baholash tamoyillari, sun’iy intellektdan foydalanish, PISA va TIMSS talablarini fan mazmuniga integratsiya qilish kabi bugungi ta’lim uchun dolzarb yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi bilim, yangi metod va yangi tajriba — ta’lim sifatini oshirish sari navbatdagi muhim qadam!