KASBIY RIVOJLANISH KUNI: ZAMONAVIY METODLAR VA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARI

Joriy yilning 10-oktabr kuni Jizzax shahridagi amaliy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tayanch etib belgilangan 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Kasbiy rivojlanish kuni (KRK) jarayonlari Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan o‘rganildi.

Tasviriy san’at, chizmachilik va texnologiya fanlari bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarda yetakchi o‘qituvchilar faol ishtirok etib, ilg‘or metodlar va amaliy tajribalar almashildi.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi xodimlari tomonidan sun’iy intellekt imkoniyatlaridan dars jarayonida samarali foydalanish, shuningdek, AI yordamida tadbirlar uchun kreativ taklifnoma va posterlar tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Kasbiy rivojlanishning eng muhim natijasi — o‘rganilgan yangilikning ertangi darsda amaliyotga aylanishidir!

#JizzaxPMM#KasbiyRivojlanishKuni#SuniyIntellekt#MetodikMahorat