Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan “KAFEDRA OYLIGI” doirasida tinglovchilarni har doimgidek iliq, samimiy va yuksak kayfiyatda kutib olish jarayoni tashkil etildi.

Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda umumta’lim maktab kutubxonasi rahbar va xodimlari tomonidan buyuk siymolar obrazlari jonlantirilib, ishtirokchilarga boy ma’naviy muhit va tarixiy ruh bag‘ishlandi.

Mazkur ko‘rinishlar kitob, mutolaa va ma’naviy merosning jamiyat hayotidagi o‘rni naqadar muhim ekanini yana bir bor yorqin ifoda etdi. Shuningdek, kurs tinglovchilari tomonidan yosh avlodni kitobga chorlash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish g‘oyasi ilgari surilib, bu borada muhim fikr va takliflar bildirildi.