Markazning Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan KAFEDRA OYLIGI doirasida “O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” moduli asosida X. Muxamadiyev tomonidan “Ta’lim-tarbiya jarayonlarida qatag‘on qurbonlari hayotiga nazar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Dars jarayonida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali rejalashtirish, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar hamda amaliy metodlardan foydalanish masalalari yoritildi.
Mazkur mahorat darsi tinglovchilar uchun yangi g‘oyalar va amaliy tajribalar manbai bo‘lib xizmat qildi, hamda pedagogik faoliyatda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni mustahkamladi.