O‘zingiz ta’lim olgan maktabingizni sog‘indingizmi? Unda u yerga ezgu va foydali sabab bilan qaytish vaqti keldi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yangi loyiha boshlandi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadlari:
Maktab kutubxonalarini boyitish — yangi o‘quv yilini o‘quvchilar uchun eng yaxshi sovg‘alardan biri bo‘lgan kitob bilan boshlash;
O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash — sovg‘a qilingan har bir kitob orqali yoshlarning bilim olishi, dunyoqarashini kengaytirish va kelajagiga hissa qo‘shish;
Ma’rifat ulashish — o‘zimiz ta’lim olgan dargohga qaytib, bugungi o‘quvchilarga ma’naviy meros qoldirish.
Chellenjga qo‘shiling hamda ijtimoiy tarmoqlarga video yoki rasm joylashtirganda Vazirlikning instagram sahifasini belgilashni unutmang!