Ayni damlarda “Ustozlar milliy forumi – 2026” doirasida yurtimizning turli hududlaridan kelgan ta’lim fidoyilari bir maydonda jam bo‘lmoqda.
Ushbu nufuzli tadbirda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Ular forumning mazmunli muhokamalari, tajriba almashinuvi va ilg‘or metodik yondashuvlar bilan tanishish jarayonlarida faol qatnashib, Jizzax ta’lim tizimida metodik xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qiladigan yangi g‘oyalarni o‘zlashtirmoqdalar.
Forum — yangi g‘oyalar, yangi yondashuvlar va yangi natijalar sari muhim qadam!