Bugun Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal, Forish va Zomin tumanlaridan 21 nafar o‘qituvchilar va Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazidan 2 nafar ustozlardan iborat delegatsiyamiz Malayziyadagi UNIMAS — universitetida amaliy malaka oshirish dasturiga yo‘l oldilar.Ustozlarimiz UNIMASning innovatsion o‘quv markazlarida zamonaviy o‘qitish texnologiyalari, raqamli pedagogika va xalqaro baholash standartlari bo‘yicha amaliy treninglarda ishtirok etadilar.Aeroportda tushilgan kadrlar — Jizzax pedagoglarining xalqaro tajriba sari dadil qadami va bilimga chanqoq ruhini namoyon etmoqda.
Oq yo‘l, aziz ustozlar!