Jizzax viloyatida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur tanlov inklyuziv ta’lim sifatini oshirish, maxsus pedagoglarning kasbiy mahoratini namoyon etish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etildi. Unda hududlarda faoliyat yuritayotgan tajribali va fidoyi maxsus pedagoglar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.
Tanlov jarayonlarida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etib, hakamlik, metodik tahlil va professional baholash jarayonlarida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Ushbu tanlov sohada faoliyat yuritayotgan pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish hamda ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishda muhim maydon vazifasini bajarmoqda.