Maktabgacha ta’lim tizimida ilg‘or yondashuvlarni keng joriy etish, pedagoglarning professional salohiyatini oshirish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan amaliy seminar-treninglar o‘z ishini boshladi.
Mazkur seminar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, shuningdek Islom taraqqiyot banki, Arab Coordination Group va Global Partnership for Education ko‘magida amalga oshirilayotgan Smart-ED loyihasi doirasida tashkil etildi.
“Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini samarali joriy etishga bag‘ishlangan seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar va amaliy tajribalar bilan yaqindan tanishadilar.
Ta’limdagi har bir yangilanish — kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadam. Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida boshlangan ushbu loyiha esa zamonaviy va kreativ ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.