Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Yoshlar va iqlim ta’limi” loyihasi doirasidagi hududiy master-trenerlarni tayyorlash seminar-treningining ikkinchi kuni ham yuqori faollik va innovatsion yondashuvlar ruhida davom etdi.
Trening jarayonida ishtirokchilar iqlim o‘zgarishining ta’lim tizimiga ta’siri, ekologik muammolarni yoshlar ongiga samarali singdirish hamda “Iqlim qutichasi” resurslari asosida interaktiv mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamladi. Shuningdek, dizayn-fikrlash metodlari orqali ekologik muammolarga kreativ yechimlar ishlab chiqish yuzasidan jamoaviy ishlanmalar taqdim etildi.
Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qatarning “Education Above All” jamg‘armasi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Seminar yakunida tayyorlangan master-trenerlar hududlarda ekologik ta’limni keng targ‘ib etuvchi muhim trenerlar sifatida faoliyat olib boradi.