Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Ta’lim sifati nazorati” bo‘limi tashabbusi bilan “Zamonaviy bilim va tajribaga ega bo‘lib, zamonaviy dars o‘tamiz” shiori ostida amalga oshirilayotgan “Oyning eng namunali ochiq darsi” loyihasi doirasida navbatdagi mazmunli va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mazkur tashabbus pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga keng tatbiq etishga xizmat qilmoqda.
💠 Loyiha doirasida Boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi A. Boyqulov tomonidan “Inklyuziya va ehtiyojlarga asoslangan differensial ta’limning zamonaviy