Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Oyning eng namunali ochiq darsi” loyihasi doirasidagi navbatdagi mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tashabbusi bilan “Amaliy fanlar va maktabgacha ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Axmedova tomonidan MTT tarbiyachilari uchun “Davlat dasturining mazmuni va uni amaliyotda qo‘llash jarayonlari” mavzusida amaliy ochiq dars o‘tkazildi.
Shuningdek, “Pedagogika–psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Berdiyeva tomonidan biologiya fani o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy ta’limda ijtimoiy-hissiy intellektning tutgan o‘rni” mavzusida nazariy mashg‘ulot tashkil etildi.
Ochiq darslarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar hamda tajriba almashish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.