O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘i asosida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida quyidagi vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qilinadi.
-
Vakant lavozimlar:
Qardosh tillar fani metodisti — 1.0 stavka
-
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlari hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
2. Davlat tilida ravon ish yurita olishi (rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilishi afzallik hisoblanadi);
3. Microsoft Office dasturlarida erkin ishlay olishi;
4. Zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘idan samarali foydalana olishi;
5. Ta’limning zamonaviy metodikalarini bilishi;
6. Doimiy ravishda malaka oshirib borishi;
7. Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (bakalavr yoki magistr);
8. Kamida 2 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlar qabul qilish muddati:
Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 4-uy
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998 95 811 94 00
Telegram: @sardor_hr
Namunaviy savollar ro’yxatini olish uchun bu yerga bosing