Bugungi konferensiya nafaqat muammolarni aniqlash va yechimlarni izlashga bag‘ishlangan, balki ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar va xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini keng ochadigan ilmiy platforma sifatida xizmat qiladi. Qatnashchilar fikr almashadi, yangi g‘oyalarni o‘rganadi va kelajak avlod uchun sifatli va jozibador ta’limni shakllantirish yo‘lida birgalikda qadam tashlaydi.