O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Nazarqosimov Sarvar Inatillayevich Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Yangi rahbarni jamoaga tanishtirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Karimov hamda Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D. Xudoyshukurov ishtirok etdi.
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi Nazarqosimov Sarvar Inatillayevichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan samimiy muborakbod etadi.
Yangi rahbarning boy ish tajribasi, tashabbuskorligi va boshqaruv salohiyati viloyatda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishiga ishonch bildiramiz.