Jizzax faxri — Şarof Raşidov

Har bir zamin öz farzandlari bilan tanilar ekan. Jizzax tuproği ham yurtimizga köplab uluğ insonlarni, davlat arboblarini, olimu adiblarni bergan. Ularning orasida xalq xotirasida alohida örin egallagan nomlardan biri Şarof Raşidov.

1917-yil 6-noyabr. Jizzaxda, oddiy dehqon xonadonida bir gödak dunyoga keldi. Öşanda hech kim bu bolaning bir kun butun bir yurtning yukini yelkasiga olişini, millionlab insonlar taqdiri uchun javob berişini bilmas edi. Lekin taqdir uni aynan shu yölga boşladi. U esa bu yölda biror marta ham öz ildizini unutmadi.

Uning tasabbusi bilan 1973-yilda Jizzax alohida viloyat böldi. Bir paytlar qaqrab yotgan Mirzachöl yerlariga suv çiqarildi. Şamol çang uçirib yurgan çölda boğlar yaşnadi, paxtazorlar oqardi, yangi qişloqlar bunyod böldi. Bugun bu zaminda non uşatayotgan minglab oilalarning rizqida öşa jasoratning ulushi bor.

U faqat rahbar emas edi. Qalbi şoir, irodasi pölat bir inson edi. «Börondan kuçli» asarini yozgan bu inson hayotda ham böronlardan kuçli çiqdi. Vafotidan keyin nomini qoralasga, xotirasini öçirişga urindilar. Lekin haqiqatni kömib bölmas ekan. Vaqt öz hukmini çiqardi, xalq öz farzandini qayta bağriga oldi.

Bugun Jizzax köçalaridan ötar ekanmiz, bu şaharning har bir qariçida, har bir daraxtida uning mehri, uning orzusi yaşayotganini his qilamiz.

Buyuk insonlar ketadi, lekin ularning ezgu işlari qoladi. Şarof Raşidov esa Jizzaxning ğururi, xalqining xotirasi bölib yaşaşda davom etadi.