Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi delegatsiya a’zolari Malayziyada o‘quv jarayonlariga kirishib, xalqaro treninglarda faol ishtirok etmoqdalar. 🎓
Delegatsiya vakillari Malayziya universitetlari va pedagogik markazlarida o‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlari, seminar va mahorat darslarida qatnashib, ilg‘or ta’lim yondashuvlarini o‘rganishmoqda.
Mazkur safar xalqaro tajriba almashish, malaka oshirish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.



