Mazkur mashg‘ulotlar davomida “Tabiiy fanlar” fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor Z.Z. Yaxshiyeva, “Kimyo” kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, dotsent K.X. Rashidova hamda kafedra katta o‘qituvchisi, k.f.f.d. (PhD) Sh.M. Urozov tomonidan kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy laboratoriya jihozlari va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash metodikalari amaliy tarzda namoyish etildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilar tajriba o‘tkazish bosqichlari, laboratoriya xavfsizlik qoidalari hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘tkazilgan ochiq laboratoriya mashg‘ulotlari tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qildi.