Bugun Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida yangi o‘quv mavsumi ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda boshlandi. Jonli orkestr sadolari tadbirga o‘zgacha fayz va tantanavorlik bag‘ishladi.

Tadbirda Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.b. Sh. Damanova, tizim mas’ullari hamda mehmonlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan Sh. Damanova markaz jamoasi va tinglovchilarni yangi o‘quv mavsumi bilan samimiy tabriklab, ularga kasbiy faoliyatda omad, ilmiy izlanishlarda muvaffaqiyat va yangi marralar tiladi.

Shuningdek, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori I. Axmedov viloyat ta’lim tizimida erishilayotgan yutuqlar, pedagoglarning bu jarayondagi munosib hissasi hamda oldinda turgan ustuvor vazifalarga to‘xtaldi. U kasbiy rivojlanish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini yanada oshirish muhim vazifa ekanini ta’kidladi.

Bu yangilanish — hammamiz uchun. Birga qadam qo‘yamiz, birga rivojlanamiz!

#JizPMM #YangiMavsum #OpeningDay #KasbiyRivojlanish #YangiMaqsadlar