Bugun Zarbdor tumani 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Ingliz tili fani yo‘nalishida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbirni Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari M. Zokirova, F. Xudayberdiyeva, G. Kamoljonova va N. Xasanovalar o‘rganib, kuzatdilar.Mashg‘ulotning eng samarali qismi – yetakchi o‘qituvchilar ishtirokida metodik bo’lim tomonidan taqdim etilgan “Grammar with Song” metodi bo‘ldi. Ushbu yondashuv grammatikani musiqiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirib, o‘quvchilarda tinglab tushunish, eslab qolish va faol ishtirok ko‘nikmalarini rivojlantirishda yuqori samaradorlikni namoyon etdi.Qatnashgan o‘qituvchilar mazkur metodni dars jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar oldilar va uni amaliyotga joriy etish uchun zarur ko‘nikmalarni egalladilar.
Tadbir o‘qituvchilar kasbiy mahoratini yanada oshirishga xizmat qilgan samarali va mazmunli mashg‘ulot sifatida baholandi.