Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida ilmiy-metodik kengashning 3-yig‘ilishi o‘tkazilib, unda PQ-231-son qarori ijrosi, professor-o‘qituvchilarning dars tahlillari natijalari, hududlarda metodik mahorat kunlarining holati hamda metodistlar faoliyati tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida 1 ta DSc dissertatsiya mavzusi ko‘rib chiqildi, professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, metodik tavsiyanoma va darsliklarni nashrga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Yakunda ta’lim sifati va metodik xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.