Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida xalqaro hamkorlik doirasida tashkil etilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu nufuzli loyiha Islom taraqqiyot banki, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Treninglar davomida zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or pedagogik tajribalar keng muhokama qilinib, amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlandi. Ishtirokchilar nafaqat bilimlarini boyitdi, balki o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.
Yakunlangan treninglar esa yangi marralar sari mustahkam qadam bo‘ldi. Oldinda esa yanada ulkan natijalar va yangi loyihalar kutmoqda!