Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi “Amaliy fanlar va maktabgacha ta’lim metodikalari” kafedrasi oyligi tadbirlari doirasida markazning MAY oyi malaka oshirish kurslari tinglovchilarini motivatsion ruhda kutib olish jarayonlariga start berildi.

Markaz hududida yaratilgan iliq va ilhomlantiruvchi muhit, ustozlarga bo‘lgan e’tibor hamda kasbiy rivojlanishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar tinglovchilarda yangi energiya va katta ishonch uyg‘otdi. Har bir uchrashuv — tajriba almashuvi, har bir muloqot — yangi imkoniyat, har bir qadam esa sifatli ta’lim sari dadil harakatga aylandi.

Bu — shunchaki malaka oshirish emas.
Bu — o‘z ustida ishlash, zamon bilan hamnafas bo‘lish va kelajak ta’limini birgalikda yaratish maydoni.
Kelajakni o‘zgartiradigan ustozlar aynan shu maskanda shakllanadi!