O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 13-fevraldagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat pedagogik mahorat markazida aniq va tabiiy fanlarni ommalashtirishga bag‘ishlangan ilmiy shou tashkil etildi.
Tadbirda fizika va kimyo yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tinglovchilari ishtirok etdilar. Ular uchun qiziqarli tajribalar, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy tajriba namoyishlari o‘tkazildi.

Tadbirni tashkil etishda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari, yetakchi mentorlar va “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

Bunday ilmiy shoular tinglovchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tajribaga asoslangan o‘qitish usullarini o‘zlashtirish hamda yoshlar orasida aniq fanlarga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi.