Jizzax shahar 16-sonli tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim sifatini yuksaltirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga samarali tatbiq etishga qaratilgan seminar-treninglar qizg‘in davom etmoqda.

“Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining uchinchi bosqichi doirasida ishtirokchilar uchun mazmunli, interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Seminar davomida:

Ilg‘or tajribalar va samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinmoqda;
Amaliy topshiriqlar orqali kasbiy kompetensiyalar mustahkamlanmoqda;
Tajriba almashish va hamkorlik muhiti orqali yangi g‘oya va tashabbuslar shakllanmoqda.

Bugungi izlanish va tajriba almashuvlar — ertangi avlodning sifatli ta’lim olishi uchun mustahkam poydevordir.

#IlkQadam #MaktabgachaTa’lim #Jizzax #SeminarTrening #KasbiyRivojlanish #Ta’limSifati