Bugun Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda Jizzax viloyat Pedagogik mahorat markazining noyabr oyi malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun esda qolarli mahorat darslari tashkil etildi.Tashkil etilgan mahorat darslari davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, innovatsion yondashuvlarni muhokama etdilar hamda kasbiy o‘sish uchun yangi g‘oyalarni o‘zlashtirdilar.Prezident maktabining ilg‘or pedagoglari o‘z ish usullari,darsni qiziqarli va samarali tashkil etish sirlarini, raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchini ilhomlantirish yondashuvlarini o‘rtoqlashdilar.