O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va xodimlari o‘rtasida davra suhbatlari muntazam tashkil etilmoqda.

Davra suhbatlarida qonun ustuvorligini ta’minlash, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqiy nigilizmning oldini olish, shuningdek, huquqbuzarliklarning shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida fikr almashilmoqda.

Bunday muloqotlar orqali xodimlarda qonunlarga hurmat, huquq va majburiyatlarini chuqur anglash hamda jamiyat oldidagi fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga e’tibor qaratilmoqda.

Qonunni bilish — huquqni anglash, huquqni anglash esa mas’uliyat bilan yashash demakdir.