

Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan nufuzli xalqaro anjuman — Eurasian Higher Education Summit (EURIE 2026)da hududiy pedagogik mahorat markazlari delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.
Ushbu sammitda ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, shuningdek, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Delegatsiya tomonidan qator hamkorlik uchrashuvlari ham o‘tkazilib, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish hamda ilmiy-metodik faoliyatni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot o’rnida: mazkur nufuzli tadbirda dunyoning 60 dan ortiq davlatidan minglab ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar va ekspertlar qatnashdi.